Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy armiya — bizning sharafimiz va g‘ururimiz
22:30 / 2025-12-23

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari uchun “Milliy armiya — bizning sharafimiz va g‘ururimiz” shiori ostida Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiyalar tashkil etildi.

Ekskursiya davomida dastlab Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurildi. Muzeyda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti, harbiy yurishlari, davlat boshqaruvi hamda boy tarixiy merosi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Noyob tarixiy ashyolar, hujjatlar va ekspozitsiyalar harbiy xizmatchilarda milliy o‘zlikni anglash, ajdodlarimiz jasoratidan ibrat olish tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.

Shundan so‘ng harbiy xizmatchilar “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan yodgorliklar bilan tanishdi. Bog‘dagi ekspozitsiyalar ishtirokchilarda faxr, g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Mazkur ekskursiyalar nafaqat tarixiy bilimlarni boyitdi, balki harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun chuqur ma’naviy ahamiyat kasb etdi.  

Umuman olganda, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar armiya va jamiyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlab, “Vatanga xizmat — oliy burch” degan g‘oyani yoshlarning qalbiga yanada chuqurroq singdirishga xizmat qiladi.

N.Rahmonova, O‘zA