Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy antidoping agentligining joriy yildagi natijalari qanday? (+video)
19:50 / 2024-10-08

Professional sportchilar ham ba’zida bilib, ba’zan esa bilmay sportda taqiqlangan moddalarni iste’mol qilib, sportdan chetlashtirilishi mumkin. Shu kabi muammolarning oldini olish, sportchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Milliy antidoping agentligi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2024 yilning mos davriga nisbatan Olimpiya va noolimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya sportchilaridan reja asosida 700 ta doping sinama olish rejalashtirilgan bo‘lib, 33 ta sport turidan jami olingan doping sinamalar 675 tani tashkil etgan.

Shuni alohida qayd etish lozimki, sportchilar uchun antidoping ta’lim platformasida o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi o‘quv kursi foydalanishga topshirilgan. Respublikamizdagi jami 246 ta sport maktablaridan 20 mingdan ortiq sportchi, murabbiy va tibbiyot xodimlariga talim-uznada.uz va dori-uznada.uz elektron platformalaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Milliy antidoping agentligi tomonidan 2024 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ana shular haqida so‘z yuritildi.

– Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad antidoping ta’limini ko‘proq tatbiq qilish, xalqaro darajadagi doping ofitserlari sonini ko‘paytirishdir, – dedi Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sodiqov.  

Shuningdek, tadbirda 2025 yili Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan IV yozgi Osiyo o‘yinlari hamda V Paraosiyo o‘yinlarida antidoping nazoratini yo‘lga qo‘yish uchun xalqaro va Osiyo antidoping tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.

Anjuman so‘nggida jurnalistlarning savollariga mutasaddilar tomonidan javob berildi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/gF8YmlOf_JE?si=kmmvCXnqy1yvhPEP" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, A.Sodiqov, A.Ahmedov (video), O‘zA