Milliard so‘mlik ish: Yozyovondagi korxonani tadbirkorlar nega sudga berdi?
Yozyovondagi gidrotexnika muhandislik inshootlari quruvchi korxonaning tadbirkorlar bilan bo‘lgan iqtisodiy muammolari sudgacha yetib bordi.
Farg‘ona tumanlararo sudiga ko‘ra, korxonadan "Asl Grand Oil" MCHJ foydasiga 1 milliard 164 million 879,6 ming so‘m asosiy qarz va 5 million 824,4 ming so‘m davlat boji undirish belgilandi.
Shuningdek, "Suv Aziz trans" MCHJ foydasiga 446 million 93,3 ming so‘m qarz undirish ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, korxona 477 million 141 ming 659 so‘m soliq va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni ham o‘z vaqtida to‘lash choralarini ko‘rmaydi.
Natijada sud va boshqa organ qarorlari korxonaga ixtiyoriy muddat belgilab beriladi.
Ammo talablar vaqtida bajarilmagach, korxona hisob-raqami xatlanib, jami 2 milliard 108 ming so‘m qarzdorlik tadbirkorlar foydasiga undirib beriladi.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA