English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Millatni tanazzuldan chiqarishga uringan alloma
13:19 / 2022-01-19

Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 147 yilligi...

Ma’rifatparvar jadidchilik harakatining asoschisi, dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi –Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yili 19 yanvarda Samarqandda tug‘ilgan.

Olimlar fikricha, alloma o‘n sakkiz yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga ko‘tariladi. Behbudiy haj safarida bo‘lgan chog‘ida Arabiston, Misr, Turkiya kabi davlatlarda bo‘lgan.

Behbudiy Turkistonda birinchilardan bo‘lib yangi usul maktablarini tashkil qilish va ular uchun darsliklar yozgan taraqqiyparvarlardan sanaladi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy "Risolai asbobi savod" ("Savod chiqarish kitobi", 1904), "Risolai jug‘rofiyai umroniy" ("Aholi geografiyasiga kirish", 1905), "Muntahabi jug‘rofiyai umumiy" ("Qisqacha umumiy geografiya", 1906),  "Amaliyoti islom" (1908), (1909) kabi kitoblarni chop ettiradi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy 1917 yil noyabr oyida tashkil topgan Turkiston Muxtoriyati asoschilaridan biri, o‘lka xalqlarining istiqloli yo‘lida ma’naviy yo‘lboshchilaridan bo‘ldi. Alloma sho‘rolar, kommunistik mafkura tizimining qing‘irliklari, kirdikorlarini ko‘ra bilgan. Millatni tanazzulga yetaklovchi illatlarni ro‘y-rost fosh etgan. Ma’rifat yo‘lida el-ulus ko‘zini ochishni umr mazmuni, deb bilgan.

Mamlakatimiz yetakchisi g‘oyasi asosida 2020 yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Ma’rifatparvar jadid bobomiz hayoti, faoliyatiga oid hujjatli film suratga olindi. Uning asarlari chop etilmoqda. Poytaxtimizdagi "Adiblar xiyoboni"da Mahmudxo‘ja Behbudiy haykali o‘rnatildi. Ayni paytda olimlarimiz Behbudiy faoliyatiga oid hali ko‘plab tadqiqotlar olib borilishi zarurligini ta’kidlamoqdalar. Bu esa ma’rifatparvar jadid bobolarimiz hayotiga oid yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishga zamin yaratishi shubhasiz.

N.Usmonova, O‘zA