Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi ishlar bo‘yicha axborot eshitiladi
12:20 / 2025-11-25

Parlament quyi palatasi majlisida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisining axborotini eshitish masalasi ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda umummilliy totuvlik, birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga teng huquq va imkoniyatlar yaratish, ko‘p millatli xalqimizning jonajon O‘zbekistonimiz farovonligiga daxldorligini kuchaytirish borasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Konstitutsiyamizning 4-moddasida O‘zbekiston o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi mustahkamlab qo‘yilgan.

[gallery-26412]

Mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yagona oila bo‘lib, yagona xalq bo‘lib umummilliy totuvlik asosida ahil-inoq yashab kelayotgani ushbu konstitutsiyaviy qoidaning amaldagi ifodasini namoyon etmoqda.

Qayd etilganidek, shu yilning o‘zida sohada olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Prezidentimizning 1 ta qarori, 1 ta Farmoni qabul qilindi.  

Jumladan, 2025 yil 19 martdagi qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasiga umummilliy totuvlikni va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha davlat siyosatini samarali amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Majlisda shundan kelib chiqib, ushbu masala yuzasidan Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi K.Sariyevning axborotini eshitish haqida tegishli qaror qabul qilindi.

Muhtarama Komilova, O‘zA