Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Millatlararo ahillik – eng muhim omil
16:10 / 2020-01-23

Mamlakatimizda barcha millat va elat hamda turli e’tiqod vakillari millatlararo bag‘rikenglik, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy tenglik sharoitida o‘zaro ahil-inoq, hamjihatlik bilan yashab, jamiyat hayotida faol ishtirok etmoqda.


Namangan viloyati hokimligi tashabbusi bilan Chortoq tumanining Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududida joylashgan Sozsoy qishlog‘ida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mamlakatimizda barcha millat va elat hamda turli e’tiqod vakillari millatlararo bag‘rikenglik, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy tenglik sharoitida o‘zaro ahil-inoq, hamjihatlik bilan yashab, jamiyat hayotida faol ishtirok etmoqda. 

Viloyat hokimi o‘rinbosari Jamoliddin Aloudinovning Sozsoy qishlog‘idagi qirg‘iz millatiga mansub yoshlar ta’lim oladigan 23-umumta’lim maktabida o‘tkazgan uchrashuvida shu haqda so‘z bordi. 

Tadbirda o‘zbek va qirg‘iz millatiga mansub, o‘zaro qarindosh-urug‘chilik rishtalari bilan bog‘lanib ketgan 500 ga yaqin sozsoyliklar, jumladan, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar ishtirok etdi. 

Ishtirokchilar Sulton Uvay Qaroniy ziyoratgohida bo‘lib, bu yerda ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, imom-xatiblar ishtirokida qishloq aholisi bilan diniy ma’rifatni oshirish borasidagi muhim vazifalar to‘g‘risida suhbatlashildi. Ilm olish, kasb o‘rganish va tinchlikning beqiyos ahamiyatiga yana bir bor e’tibor qaratildi. 

Harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, viloyat san’atkorlari, badiiy havaskorlik jamoalari va yosh iste’dodlar ishtirokidagi musiqiy dasturlar tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.