Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Millatlar totuvligi “Zakovat”da namoyon bo‘ldi (+video)
13:59 / 2025-09-16

Bugun mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar yoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tashabbusi bilan milliy madaniy markazlar o‘rtasida “Do‘stlik kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Milliy madaniy markazlar pavilonida tashkil etilgan mazkur tadbirda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati, “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti mas’ullari, milliy madaniy markazlar faollari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirni ochib bergan Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi Qahramon Sariyev yosh ishtirokchilarga omad tilar ekan, “Zakovat” intellektual o‘yini mamlakatimizdagi eng ommaviy va yoshlar qalbini birlashtiruvchi loyihalardan biri ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu kabi tadbirlar nafaqat bilim va salohiyatni yuksaltirish, balki millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashda ham beqiyos ahamiyatga ega.

Mazkur intellektual o‘yinda milliy madaniy markazlarning 6 ta jamoasi - uyg‘ur, qozoq, turkman, tatar, qirg‘iz, tojik yoshlari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. 

Milliy madaniy markazlarning havaskor jamoalari badiiy chiqishlari esa ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Savollarga to‘g‘ri javob bergan jamoalar munosib taqdirlandi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Sa9DkfvAS-s" title="Millatlar totuvligi “Zakovat”da namoyon bo‘ldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, Doniyor Yoqubov, 

Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA