Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Millatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari madh etildi
08:11 / 2023-06-16

FOTOREPORTAJ

Namanganda davom etayotgan Xalqaro gullar festivali doirasida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz!” shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi.

Viloyatda millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlashga doir vazifalarni bajarishda davlat tashkilotlari bilan milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari, ijodiy uyushmalar, nodavlat-notijorat tashkilotlarining faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, “Afsonalar vodiysi” tematik parkida tashkil etilgan ma’naviy tadbirda ham viloyatda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining urf-odatlari, milliy taomlari, qadriyatlari tarannum etildi.

[gallery-12361]

Tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari B. Nuriddinov kirish so‘zi bilan ochdi. Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan rus, koreys, qirg‘iz va tojik milliy madaniy markazlari rahbarlari va faollariga viloyat hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Festivalning badiiy qismida turli millat vakillari o‘zlarining jozibali kuy va qo‘shiqlari hamda raqslarini mohirona ijro etib, tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.  

Asrlar davomida bir-biri bilan qarindosh-urug‘, quda-anda, do‘stu birodar bo‘lib yashab kelayotgan millatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yoshlarga yetkazish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishda mazkur tadbir muhim ahamiyat kasb etadi.  

Kamola Yusupova,

Hotam Mamadaliyev (surat),O‘zA