“Millatlar ligasi – 2025” musobaqalari davom etmoqda
Farg‘ona voleybol bo‘yicha “Millatlar ligasi – 2025” Markaziy Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Hozir guruh o‘yinlari davom etyapti. Unda Eron, Hindiston, Pokiston, Qirg‘iz Respublikasi, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistondan kelgan 150 nafar sportchi o‘zaro kuch sinashmoqda.
Markaziy Osiyo voleybol assosatsiyasi (SAVA) musobaqalar uchun Farg‘onani tanlashi bejiz emas edi.
Farg‘ona viloyatida voleybol sport turi bilan muntazam shug‘ullanuvchilar soni qariyb 4 ming nafarni tashkil etmoqda, voleybol bo‘yicha 27 ta sport klubi faoliyat ko‘rsatyapti va 15 nafar farg‘onalik sportchi esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi (turli yosh toifasi bo‘yicha) tarkibiga kiritilgan.
O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki bosqich uchrashuvida Turkmaniston jamoasi bilan kuch sinashib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Hozircha Eron va qozog‘istonlik voleybolchilar peshqadam.
Musoboqa 4 iyunga qadar davom etadi va “Millatlar ligasi – 2025” g‘olibi aniqlanadi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA