Millat yetakchisi qanday bo‘lishi kerak?
1971-yil 7-martda Bangladesh millatining otasi Bangabandhu Shayx Mujibur Rahmon tomonidan irod qilingan nutq UNESCO tomonidan jahon hujjatli merosi sifatida e’tirof etilgan va Jahon xotirasi reestriga kirtitilgan. Ushbu ma’ruza xalqni ozodlikka, millat mustaqilligi uchun kurashga undagan. Dunyoning eng buyuk yetakchilari qatorida e’tirof etiladigan Bangladesh millati otasi mamlakatni shu oy mustaqillikka olib chiqqan. Darvoqe, siyosatchining o‘zi ham 17-mart sanasida tug‘ilgan.
Ushbu tarixiy sana munosabati bilan Toshkentdagi Bangladesh elchixonasi binosida Favqulodda va muxtor elchi Muhammad Monirul Islom boshchiligida “Millatni barpo etishda yetakchining o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda respublikamizning qator oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari qatnashdi.

Uchrashuv davomida millat otasining qiyin vaziyatda xalqni birlashtira olish, o‘z harakatiga ishontirish mahoratiga urg‘u berilib, o‘sha tarixiy nutq haqida batafsil ma’lumot berildi.


S.Poyonov, O‘zA