Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Millat qatag‘oni va oqibatlari (+video)
19:21 / 2025-10-04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan har yili oktyabrning birinchi haftasini Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida belgilangan. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan FA Tarix instituti Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda “Millat qatag‘oni va oqibatlari” umummilliy ilmiy yig‘ini o‘tkazdi. Unda millat oydinlari, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ustozlari va tinglovchilari, qiziquvchilar, gazetchi-jurnalchilar qatnashdilar.

Tadbirda qatag‘on qurbonlarining avlodlari ham qatnashib, bobo-momolari haqida qimmatli ma’lumotlar va xotiralarni taqdim qildilar. So‘ng olimlarning chiqishlar bo‘yicha yig‘ilganlarning fikrlari tinglandi va bu kabi umummilliy yig‘inlarning muntazam o‘tkazilishi zaruratga aylanishiga alohida urg‘u berildi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NlVslXnUGXM?si=2j4Reh2LqRUuFQqK" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA