Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milana Maslenkova Hindistonda chorak finalga chiqdi
12:09 / 2026-02-26

Hindistonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan W15 tasnifiga kiruvchi nufuzli musobaqada hamyurtimiz Milana Maslenkova juftlik bahslarining chorak final bosqichiga chiqdi.

Milana turnirda germaniyalik Anastasiya Kupareva bilan tandem hosil qildi va ilk bosqichda mezbon tennischilari Sonal Patl va Sandib Sing Rao ustidan 6:3, 7:5 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa 1/4 final bosqichiga yo‘l olgan Milana va Anastasiya endi hindistonlik Sravya Shivani va yaponiyalik Michika O‘zeki tandemiga qarshi kortga chiqadi.  

Darvoqe, Milana Maslenkova ushbu musobaqaning yakkaliklar o‘rtasidagi asosiy to‘r bahslarining birinchi davrasida neytral tennischi Yevgeniya Burdinaga qarshi kortga chiqdi. Afsuski, mazkur to‘qnashuvla Milana birinchi setni tay-brekda, ikkinchi setda esa 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA