Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milan universiteti professori o‘zbekistonlik veterinarlarga ma’ruza qiladi
12:50 / 2022-01-28

Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’ruza onlayn shaklda 29 yanvarda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning Toshkent, Nukus filiali talabalari uchun mo‘ljallangan.

Xabarda keltirilishicha, mazkur tadbir Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ta’lim sohasidagi xalqaro kelishuvlari asosida tashkillashtirilgan bo‘lib, Milan universiteti professori Matteo Guidotti «Kimyoviy va biologik chiqindilarni boshqarish va nazorat qilish» mavzusidagi tajribalari xususida mulohaza yuritadi.

Mazkur mavzuga qiziqqan barcha veterinariya mutaxassislari onlayn seminarda zoom platformasi orqali ishtirok etishi mumkinligi aytilmoqda.

O‘zA