Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milan havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoning uchinchi shahri(mi?)
11:38 / 2024-02-22

Italiyaning Milan shahri havo ifloslanishi bo‘yicha Xitoydagi Chendu va Bangladesh poytaxti Dakkadan keyin dunyodagi uchinchi megapolisga aylandi. Bu haqda “euronews.com” xabar berdi.

Shveysariyaning real vaqt asosida havo sifatini o‘rganishga ixtisoslashgan “IQAir” xususiy kompaniyasi xulosasiga ko‘ra, dushanba kungi tekshiruv chog‘ida havodagi mavjud zararli zarrachalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan chegaradan 24 barobar yuqori bo‘lgan.

Binobarin, Milan hukumati ayni fikrga qo‘shilmagan, shahar meri bu reyting ishonchli emasligini aytgan. Ta’kidlanishicha, rasmiylar doimiy ravishda havo sifatini yaxshilash ustida ish olib borishmoqda. Natijada atrofni ifloslantiruvchi moddalar emissiyasini kamaytirishda sezilarli natijalarga erishilgan.