Markaziy bank tomonidan joriy yil 27 oktyabr holatiga banklar kesimida aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari e’lon qilindi.
Unda qayd etilishicha, bu hafta banklardagi mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi 32,9 foizni tashkil qildi. Shu tariqa birinchi marta bu ko‘rsatkich 33 foizdan pastga tushdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng qimmat mikroqarzlarimizning biri — Anorbankda 41 foiz, TBC Bankda esa 40,2 foiz stavkani tashkil etmoqda.
Avtokreditlarning o‘rtacha foizi esa banklar bo‘yicha 24,3 foizligicha qoldi. Mikroqarzlardan tashqari kreditlarning o‘rtacha foizi 23,7 foizdan 23,4 foizgacha pasaydi. Biznes uchun kreditlar esa 0,4 foizga oshib, o‘rtacha hisobda 23,5 foizga yetdi.
Respublikada mikroqarzlar va kichik kreditlash bozorida foiz stavkalarining pasayishi biz uchun ijobiy sifatdir. Ammo ushbu trendning barqarorligi va undan foydalanish imkoniyatlari hanuz kun tartibida turibdi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA