So‘nggi yillarda mikromoliyalashtirish xizmatlariga aholi tomonidan talab oshib bormoqda. Ammo nobank kredit tashkilotlarining qo‘shimcha moliyaviy resurslar, jumladan omonatlarga pul mablag‘larini jalb etish imkoniyatlari cheklangani mazkur tashkilotlar tomonidan keng doiradagi iste’molchilarga mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish imkonini bermayapti.
Shuningdek, yetarli salohiyatga ega mikromoliya tashkilotlarining tijorat banki singari faoliyat olib borishi uchun tashkiliy-huquqiy asoslar mavjud emas.
Shu bois “Mikromoliyalashtirish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, bank xizmatlarini ruxsat etilgan shartlar asosida ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan yuridik shaxs – mikromoliya banklari instituti joriy qilinmoqda. Bunda mikromoliya tashkilotlari mikromoliya banklariga aylanishi va o‘z navbatida, mikromoliya banklari tijorat banklari darajasiga ko‘tarilishining huquqiy asosi yaratiladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lDMhf61rJPQ" title="Mikromoliya tashkilotlari mikromoliya banklariga aylanishi mumkin" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Mazkun qonun loyihasi haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Javlonbek Ergashov batafsil so‘zlab berdi.
Muhtarama Komilova,
Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA