Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mikrokreditbank”: Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil davom etadi
13:01 / 2025-05-16

“Mikrokreditbank” tashabbusi bilan “Arda Xiva” turistik majmuasida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Uning asosiy maqsadi ishsiz xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, bandligini ta’minlash va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda bank boshqaruv raisi o‘rinbosari Shahlo Ibrohimova, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Xorazm viloyati kengashi raisi Gulsara Qurbonboyeva, viloyatning turli tuman va shaharlaridan kelgan 100 nafar “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi xotin-qiz, 10 nafar faol tadbirkor ayol, mahalliy hokimiyat va bank vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv rasmiy emas, balki samimiy va ruhlantiruvchi muhitda o‘tdi. Shahlo Ibrohimova o‘z nutqida xotin-qizlarning tadbirkorlikdagi ishtiroki nafaqat oila farovonligi, balki jamiyat barqarorligi uchun ham katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, bank tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida so‘z yuritdi. Ishtirokchilarni ulardan faol foydalanishga chorladi.

Tadbir davomida tadbirkor ayollar o‘z hayot yo‘llari, yutuqlari va yuzaga kelgan muammolar haqida samimiy tarzda o‘rtoqlashishdi. Ushbu tajribalar ko‘plab ishtirokchilar uchun ilhom manbai bo‘ldi.

Tadbirning amaliy qismida “Ayollar daftari”ning ikkinchi toifasidagi xotin qizlar uchun “Mikrokreditbank”ning imtiyozli kredit dasturlari, moliyaviy savodxonlik asoslari va tadbirkorlikni boshlash qadamlari haqida qisqa va aniq ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbirning e’tiborga molik jihati shunda bo‘ldiki, bank moliyaviy ko‘magida o‘z faoliyatini boshlagan tadbirkor ayollar «Ayollar daftari» ro‘yxatida turgan ayollarni ishga taklif etishdi. Uchrashuv chog‘idayoq 15 nafar ishtirokchi ayol bilan ishga qabul qilish bo‘yicha mehnat shartnomalari imzolandi. 

Bu tadbir ilhom manbaiga aylanish bilan birga, aniq ijobiy natijalarga erishilayotgan amaliyot ekanini ko‘rsatdi.

«Mikrokreditbank» tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Prezident tashabbusi bilan bank tizimida ayollar uchun yangi moliyaviy xizmatlar joriy etilmoqda. 2025 yil 1 may holatiga ko‘ra, 912 milliard so‘mlik kreditlar orqali yurtimizda 41 ming 525 nafar ayol tadbirkorlikka jalb qilingan bo‘lib, shundan 8 ming nafaridan ziyodi Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Bu uchrashuv yana bir bor shunga yaqqol misol bo‘ldiki, xotin-qizlar mehnatga, taraqqiyotga va o‘z hayotini o‘zgartirishga tayyor. Ularga faqat ishonch va biroz ko‘mak kerak. “Mikrokreditbank” esa ushbu yordamni tizimli ravishda ko‘rsatish, tadbirkorlik orqali barqaror jamiyat qurishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor.

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida