Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik faoliyatiga qaratilgan har qanday to‘siqlarga murosasiz bo‘lish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Davlatimiz rahbarining sohaga bo‘lgan e’tibori natijasida yurtimizda tadbirkor bo‘lish istagidagi insonlar soni ortmoqda. Soha yildan yilga rivojlanishi ortidan tadbirkorlikning turli yo‘nalishlariga jadal kirib kelayotganlar ko‘payib boryapti. Kerak bo‘lsa, bitta mahallada o‘nlab tadbirkor ish boshlayapti. Bunda esa ularga banklar tomonidan taqdim etilayotgan kreditlar yordam bermoqdaki, o‘z biznesini boshlash istagidagi aholi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgan.
Bunga «Mikrokreditbank» ATB tomonidan taqdim etilgan «Biznesga birinchi qadam» mikroqarzini misol qilib keltirish mumkin. Mikroqarz muddati 24 oydan 36 oygacha, yillik 27-28 foizgacha taqdim etiladi.

Shuningdek, mazkur kredit 1-bosqichda bazaviy hisoblash miqdorning 20 barobarigacha, 2-bosqichda esa bazaviy hisoblash miqdorning 35 barobarigacha ajratiladi.
«Biznesga birinchi qadam» mikroqarzini rasmiylashtirishda o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan muddatni tanlashingiz va zarur summani olishingiz mumkin.
Bank tomonidan bugunga qadar 7 trillion so‘m kreditlar ajratilgan bo‘lib, shundan 266,4 milliard so‘mi «Biznesga birinchi qadam» mikroqarziga to‘g‘ri keladi.
Yana bir e’tiborli jihati, «Mikrokreditbank» ATB chekka hududlarda yashovchi aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka jalb etish maqsadida xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.
Bank 2025 yil davomida chet el moliya institutlaridan jami 260 million dollar miqdorida resurs jalb qilishni rejalashtirgan. Ushbu rejaning amaliy ifodasi sifatida Singapurning yetakchi kompaniyasi bilan 15,8 million dollarlik savdoni moliyalashtirish bitimi imzolandi. Bu mablag‘ jalb qilindi.
Mazkur resurs hisobidan xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion tashabbuslarni moliyalashtirish ko‘zda tutilgan.
«Mikrokreditbank» tomonidan 2025 yilda kichik va o‘rta biznesga 5,4 trillion so‘m va dasturlar doirasida 2,9 trillion so‘m kredit ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 315 milliard so‘mi «Biznesga birinchi qadam» doirasiga yo‘naltiriladi.
Kredit reytingini «o‘rta» toifadan «yaxshi» toifaga o‘tkazishda bank 38,6 mingta potensial mijozlar bilan tadbirkorlikka jalb qilish yuzasidan targ‘ibot ishlari o‘tkazildi. Ushbu mijozlardan 8,1 ming nafari tadbirkorlik qilish istagini bildirishdi va ularning 1,6 mingtasiga 46,4 milliard so‘m kredit ajratildi.
2025 yil sentyabrt-dekabr oylarida bank tomonidan kichik va o‘rta biznesga 2,1 trillion so‘m, shundan dasturlar doirasida 1,2 trillion so‘m kredit ajratiladi. Jumladan, ulardan 108,7 milliard so‘mi «Biznesga birinchi qadam» mikroqarziga to‘g‘ri keladi.
Ahamiyatlisi, mazkur mikroqarzni rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar ham olishi mumkin.
Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida