Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mikrokreditbank” ATB Surxondaryo viloyati filiali zamonaviy binoda ish boshladi
15:18 / 2022-05-18

Surxondaryoda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining 10 ta filiali, 3 ta Bank xizmatlari markazi hamda 2 ta minibanki mavjud. Ular hududdagi 200 mingga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarga bank xizmatlari ko‘rsatib kelmoqda.

bugungi kunda bankning viloyatda 24/7 tartibida ishlovchi shoxobchalari soni 15 tani tashkil etadi. Ushbu shaxobchalarda 49 ta bankomat o‘rnatilgan bo‘lib, aholiga kunu tun xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 

Bugun mamlakatimizning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi Surxondaryoda ham “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining mijozlari safi ortmoqda. Bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifat jihatdan tobora yaxshilanib bormoqda.

Bu haqda “Mikrokreditbank” ATB Surxondaryo viloyati filialining zamonaviy binosi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ta’kidlandi.

Tadbirda “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Fayzullo Maminov hamda viloyat faollari ishtirok etdi. 

Yurtimizdagi tijorat banklari bugun nafaqat kredit ajratuvchi yoki bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi moliyaviy muassasa, balki odamlarning og‘irini yengil qiluvchi, yaqindan yordam beruvchi va ishonchli maslahatchiga ham aylanmoqda. Bu davr talabi. Chunki aholi, ya’ni mijozlar bilan yaqin hamkorlik qilmasdan, bu borada ularni qiynayotgan masalalarga yechim topmasdan, ijobiy natijaga erishish qiyin. 

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki jamoasi bu borada yetarlicha tajribaga ega hamda salmoqli natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Natijada esa bank mijozlari safi kengayib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifat jihatdan tobora yaxshilanib borayotgani shundan dalolat beradi. 

Misol uchun, birgina o‘tgan yili “Mikrokreditbank”ning barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 5,9 trln. so‘mlik kreditlar ajratilib, 95 mingga yaqin aholi bandligi ta’minlandi. Xususan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturiga asosan, 73 mingga yaqin aholi va tadbirkorlik sub’ektiga 2 048 mlrd. so‘mlik kreditlar berilib, 81 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. 

Bank tomonidan bu kabi ishlarni uzviy davom ettirish, mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Surxondaryo viloyat hududiy filiali yangi va zamonaviy binoda ish boshladi. 

[gallery-7144]

2021 yil viloyatdagi filiallar tomonidan 52 mingdan ortiq aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga 588 mlrd. so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratilib, 10 mingga yaqin aholi bandligi ta’minlandi. Joriy yilning birinchi choragida esa 10 mingga yaqin mijozga 113,1 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilib, natijada 1 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

Misol uchun Muzrabot tumanidagi "Alpomish Servis Invest" xususiy korxonasining 48,2 mlrd. so‘mlik (bank krediti 3,5 mln. AQSH dollari) bir martalik shprits va bint ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish hisobiga 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 

Shuningdek, ushbu tumandagi "Dustlik Cooperation" MCHJning 109,4 mlrd. so‘mlik (shundan bank krediti 6 mln. AQSH dollari) un ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi, Qumqo‘rg‘on tumanida "Niyozov Abulqosim" xususiy korxonasining 7,3 mlrd. so‘mlik (shundan bank krediti 300 ming AQSH dollari) parrandachilik loyihasi, Termiz tumanida “Termiz Tekstil” MCHJning 15,9 mlrd. so‘mlik (shundan bank krediti 1 mln. AQSH dollari) to‘qimachilik mahsulotlariga rang berish va tikuvchilik loyihasini moliyalashtirish hisobiga 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratishga erishildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bugungi kunda bank Surxondaryo viloyatidagi 12 ta parrandachilik korxonalariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 

Birgina o‘tgan yilda ushbu xo‘jaliklarga 23 mlrd. 770 mln. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. Shundan, tuxum yo‘nalishida 7 ta loyihaga 15 mlrd. 830 mln. so‘m, go‘sht yo‘nalishidagi 3 ta loyihaga 7 mlrd. 940 mln. so‘m kredit ajratilgan.

Tuxum yo‘nalishida Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritayotgan “Parranda kompleks” MCHJga 70 ming dona tovuq hamda ozuqa yem mahsuloti sotib olish uchun 5 mlrd. so‘m kredit mablag‘i ajratildi. Korxona tomonidan 70 ming dona tovuq olib kelingan. Natijada bir kunda o‘rtacha 56 ming dona tuxum olinmoqda. 

“Mikrokreditbank” ATB Surxondaryo viloyatidagi filiallari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida o‘tgan yilda 8,5 mingdan ziyod mijozga 228,7 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Buning natijasida esa jami 92 829 mingdan ortiq yangi ishchi o‘rinlari yaratishga erishildi. 

Shuningdek, joriy yil birinchi choragida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bankning Surxondaryo viloyati mintaqaviy va tuman filiallari tomonidan 500 dan ortiq mijozga 14,2 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi hamda 566 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

Ushbu bank tomonidan joylardagi filiallarini zamonaviy qiyofaga keltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu bankning xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirib, mijozlarga qulaylik yaratishi shubhasiz. 

Jonibek Qo‘zimurodov(surat), O‘zA 

 

Reklama huquqi asosida