Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mikrochip va sim kartalar bozorida raqobatga tayyormizmi? (+video)
17:33 / 2024-02-15

Plastik kartochka qadrini, uni yo‘qotib qo‘yganlar yaxshi biladi. Chunki, bu buyumni avvallari bankdan olish ham muammo edi. Mijoz uni yo‘qotgani uchun valyutada jarima to‘lagani yetmaganday, yana navbat kelishini kutardi. Sababi, bu mahsulot import qilinardi-da! “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi "Vades Group" kompaniyasi 2022 yildan boshlab bank kartalari ishlab chiqarishni to‘liq mahalliylashtirdi. Bu esa import o‘rnini bosuvchi tayyor mahsulot bilan ichki bozor talabini to‘liq qondirdi va mamlakatimizning ko‘plab sohalarida qo‘llaniladigan barcha turdagi plastik mikroprotsessorli kartalarni ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lib oldi.

Korxonada plastik kartalardan tashqari, yana chip va sim kartalar ham ishlab chiqarilayotgan ekan. Bugun O‘zbekistonda mobil, statsionar aloqa operatorlari va internet provayderlari uchun oldindan to‘lov kartalari, mikroprotsessorli abonent identifikatsiya modullari, GSM, CDMA uchun SIM kartalar va onlayn nazorat-kassa mashinalari uchun SAM kartalari ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_j9aBWqm9gc" title="" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

- Korxonamizda mikroprotsessor kartalarining 100 % lokalizatsiyasi amalga oshirilgan, - deydi “Vades Group” kompaniyasi bosh direktori Igor Li. – Bugungi kunda eksport ko‘rsatkichlari ham ortib bormoqda. Tojikiston va Qirg‘izistonga eksport amalga oshirdik, Qozog‘iston bilan shartnomalar imzolandi. O‘ylaymanki, yaqin yillar ichida Markaziy Osiyo hududidini ushbu tovarlarga bo‘lgan talabini to‘liq qoplay olamiz va boshqa uzoq xorijiy davlatlar hisobiga ham eksportni oshirmoqchimiz. Joriy yilda yana bir yirik korxona Ohangaronda mis konlari oldida qurilmoqda. 

2015 yildan buyon korxona 50 million donadan ortiq SIM kartalar ishlab chiqardi. Hozirda “Vades Group” korxonasi hamda Germaniyaning “Infineon Technologies AG” kompaniyasi o‘rtasidagi kelishuv doirasida Ohangaron tumanidagi "Mis klasteri" hududida ID-kartalar, plastik kartochkalar, maishiy texnikalar va avtomobillar uchun mikrochiplar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi yirik loyihaning qurilish ishlari davom etmoqda va ushbu korxona yil yakuniga qadar o‘z faoliyatini boshlaydi. Dunyo bozorlarida yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi kuzatilayotgan bir paytda, ushbu sanoat tarmog‘ining yurtimizga shiddat bilan kirib kelishi, albatta kelgusida korxonalarimizning ravnaq topishida keng imkon yaratadi. 

Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA