Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mikro va kichik gidroelektrstansiyalarni qurish huquqini sotib oling
10:40 / 2023-01-11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 sentyabrdagi PF-220-son farmoniga ko‘ra, quvvati 5 MVt.gacha bo‘lgan gidroelektrstansiyalar qurish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari Energetika vazirligi buyurtmasi asosida “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga bir qancha yer maydonlari chiqarilgan edi.

Energetika vazirligi va «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUK o‘rtasida hamkorlik reglamentga asosan mikro va kichik gidroelektrostansiyalar qurish huquqi uchun o‘tkaziladigan auksion tartib-tamoyillari belgilandi.

Platformada mikro va kichik gidroelektrstansiyalarni qurish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlashda onlayn-auksion savdosi elektr energiyasini sotib olish tarifini pasaytirib borish shaklida o‘tkaziladi.

Auksion savdosida har bir auksion qadami 10 foizdan kamayib boradi. Lot zakalat puli loyihaning oylik ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Mikro va kichik gidroelektrostansiyalarini qurish uchun yer uchastkasi 20 yil muddatga ijaraga beriladi.

Onlayn auksion g‘olibiga ijara shartnomasini imzolash uchun 60 kalendar kun davomida muddat beriladi. G‘olib loyihani 2 yil muddatda ishga tushirish majburiyatini qabul qilib oladi.

Ayni paytda Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridan 14 ta loyihalar (https://e-auksion.uz/lots?index=1&page=1%3C=0&at=0&order=0&group=27&q=) auksionga chiqarilgan bo‘lib, ushbu loyihalar bo‘yicha savdolarda yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.

«Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUK

O‘zA