French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mijozlar uchun sug‘urta to‘lovlarining umumiy miqdori 2,6 trillion so‘mni tashkil qilgan – MHTI tahlili
15:32 / 2023-04-11

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari 2017-2022 yillar bo‘yicha sug‘urta faoliyatini tahlil qildi.

O‘tgan besh yil mobaynida sug‘urta sohasida bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bu esa iste’molchilarning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun muhim omil bo‘ldi.  

Tahlilga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekistonda 27 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat olib borgan bo‘lsa, 2022 yilda ularning soni 51,8 foizga oshib, 41 taga yetdi. Shuningdek, 30 dan ortiq tegishli xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ekti faoliyat yuritmoqda.  

O‘tgan yilda sug‘urta kompaniyalari ustav kapitali 2017 yildagiga nisbatan 5,8 baravar o‘sib, 1,88 trillion so‘mni tashkil qildi. Sug‘urta polislari soni 1,4 baravar o‘sib, 8,4 milliontaga yetdi. Shartnomalar asosan foydalanuvchi uchun qulay elektron shaklga o‘tkazildi.  

2022 yilda mijozlar uchun sug‘urta to‘lovlarining umumiy miqdori 2,6 trillion so‘mni tashkil qildi va bu 2017 yildagiga nisbatan 9,6 baravar ko‘p deganidir.  

Hududlardagi tarkibiy tuzilmalar soni 2017 yildagiga nisbatan 1,5 baravar oshgan va deyarli  2 mingtaga yetgan. Barcha hududlarda 15,4 ming nafar xodim va sug‘urta agenti uchun barqaror ish o‘rni yaratilgani aholi bandligini ta’minlashda yaxshi natija deyish mumkin.  

O‘z navbatida, bugungi kunda mamlakatimizdagi sug‘urta kompaniyalari turli yo‘nalishlarda 110 dan ortiq turdagi sug‘urta mahsulotlarini taklif etmoqda. MHTI ekspertlarining 2017-2022 yillar bo‘yicha sug‘urta faoliyati tahlilida.  

O‘zA