Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Migratsiyadagi xorazmlik xotin-qizlar bilan onlayn muloqot
19:36 / 2025-11-12

Xorazm viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Qutlimurodova bir qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida xorijda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar bilan onlayn uchrashdi.

Muloqotda ayollarning xorijdagi yashash va mehnat sharoitlari, daromad manbalari o‘rganildi. Shuningdek, chet elda bo‘lib turgan ayollarga o‘z Vataniga qaytish, yurtimizda ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yangi ish o‘rinlari va qo‘llab-quvvatlovchi dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi.  

–  Migrant ayollarga psixologik, huquqiy va ijtimoiy yo‘nalishda tavsiyalar hamda amaliy yordamlar ko‘rsatildi, – deydi Migratsiya agentligi Xorazm viloyat filiali rahbari G‘ayrat Ishimmetov. –  Muloqot iliq va samimiy ruhda o‘tib, xorijdagi ayollarni Vatan bilan bog‘lab turuvchi mehr va e’tibor ifodasi bo‘ldi. Onlayn muloqot chog‘ida xorijdagi xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Ular orasida hujjatlarni rasmiylashtirish, mehnat shartnomalarini to‘g‘ri tuzish, farzandlar ta’limi va sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish kabi mavzular dolzarb bo‘ldi.  

Mutasaddilar tomonidan har bir murojaat alohida o‘rganilib, amaliy yechimlar ishlab chiqilishi belgilandi.  

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari