Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Migratsiya masalasidagi kelishuvning ijrosi muhokama qilindi
20:09 / 2025-06-04

Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev hamda Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Pergabriyele Papadia de Bottini o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni xonimning joriy yil 29 maydagi mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan Migratsiya va mobillik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumining ijrosi hamda amaliyotga joriy qilish masalasi muhokama qilindi.

– Memorandum tarixiy hujjat, uning ustida juda ko‘p ishlandi, kelishuvni tezroq hayotga tatbiq qilish tarafdorimiz, – dedi elchi Pergabriyele Papadia de Bottini. – Migratsiya muhim yo‘nalish sanaladi, O‘zbekiston esa bu sohadagi boy tajribasi bilan Markaziy Osiyodagi hamkorlar uchun namuna bo‘la oladi.

Shuningdek, Italiyada muhandislik, turizm va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda malakali mutaxassislarga talab yuqori ekani qayd etildi. Italiya tomoni 2026 yildan boshlab, o‘zbekistonliklarga 1 ming 500 ta bo‘sh ish o‘rni uchun kvota ajratilganini ma’lum qildi.

Aytib o‘tish lozimki, hozirda Italiyada noqonuniy maqomdagi O‘zbekiston fuqarosi yo‘qligi, hamkorlikni yanada samarali amalga oshirishga katta turtki bo‘ladi.

O‘zA