FOTOREPORTAJ
Jamshid Choriyev ma’lum muddat davomida xorijda mehnat migratsiyasida bo‘lgan. Bir necha yildan so‘ng u Vatanga qaytib, o‘z yurtida tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Bugungi kunda Jamshid nafaqat o‘z oilasining farovonligini ta’minlamoqda, balki tashabbuskorligi, mehnatsevarligi bilan mahalladosh yoshlarga namuna bo‘lmoqda.
[gallery-24264]
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Yangi hayot” MFYda istiqomat qiluvchi qahramonimiz ish faoliyatini qoramol boqib, go‘sht yetishtirishdan boshladi. Keyinchalik mahalla hokim yordamchisi maslahati asosida imtiyozli kredit olib, qo‘shimcha ravishda issiqxona tashkil etdi. Hozirda bu issiqxona yaxshigina daromad keltirmoqda.
– Bundan tashqari anordan bog‘ qilib, dehqonchilikni kengaytirdik, - deydi Jamshid. – Inson mehnatingga yarasha daromad ko‘rib, yon-atrofida qo‘llab-quvvatlovchilar, davlat tomonidan esa keng imkoniyatlar yaratib berilayotganini his qilsa, yanada o‘ziga ishonch ortib, kuch-g‘ayratga to‘lar ekan. Eng muhimi, ona yurtdan uzoqqa ketmay, oilang, yaqinlaring yonida bo‘lish – bu chinakam baxt.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA