Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Migrantlar uchun soliq joriy qilingani yo‘q». Ijtimoiy tarmoqdagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
22:18 / 2020-11-08

Aksincha kiritilgan yangilik mehnat muhojirlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, kelajakda ularni pensiya olishlarining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mehnat migrantlari o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga tenglashtirilishi hamda soliq to‘lashi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar yuzasidan Adliya hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, shuningdek Davlat soliq qo‘mitasi munosabat bildirdi.

Munosabatda aytilishicha, mehnat migrantlariga yangi soliq joriy qilinibdi degan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aksincha ular uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, migrantlar daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, agar ularga mehnat staji yozilishi va kelgusida pensiya rasmiylashtirilishini istasa, ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin. Mazkur to‘lov miqdori 2020 yil uchun eng kamida BHMning 50% miqdorida belgilangan, bu hozirgi vaqtda 111 ming 500 so‘mni tashkil etadi. Demak, migrantlar bir yil uchun 111 ming 500 so‘mni to‘lab, kelgusida pensiyaga chiqish huquqini qo‘lga kiritishi mumkin.

Eng asosiysi o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tish hamda ijtimoiy soliq to‘lash majburiy bo‘lmaydi, bu ixtiyoriy etib belgilanadi.