English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Migrantlar muammoli vaziyatda kimga murojaat qilishni biladimi? (+video)
19:45 / 2019-08-21

Toshkent shimoliy temir yoʻl vokzalida xorijga chiqayotgan yoʻlovchilar uchun huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan aholining xorijda mehnat faoliyatini olib borishi, oʻqishi, sayohat qilishi bilan bogʻliq targʻibot tadbiri oʻtkazildi.


Toshkent shimoliy temir yoʻl vokzalida xorijga chiqayotgan yoʻlovchilar uchun huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan aholining xorijda mehnat faoliyatini olib borishi, oʻqishi, sayohat qilishi bilan bogʻliq targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Mutaxassislarning fikricha, oʻzboshimchalik bilan xorijga ketayotganlarning aksariyati odam savdosi qurboniga aylanyapti yoki aldovlarga ishonib noqonuniy hujjatlar uchun koʻp sarf-xarajatga tushmoqda. Shu bois ham xorijga chiqayotgan yurtdoshlarimiz uchun muntazam targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Bugun Oʻzbekiston xorijdagi, xususan Rossiyadagi muhojir fuqarolariga eʼtibor bermay, tashlab qoʻygani yoʻq. Ularning aldanib qolmasligi, turli muammolarga duch kelmasligi uchun amaliy choralarni koʻrmoqda.

Targʻibot davomida xorijda noqonuniy qoʻlga olish, oyliklarni toʻlamaslik, noqonuniy deportatsiya, hujjatlarni rasmiylashtirishdan noqonuniy bosh tortish kabi migrantlar huquqlarining buzilishiga oid holatlar kuzatilganda kimga va qay tartibda murojaat qilishi kerakligi tushuntirildi.

Mutaxassislar migrantlarga yordam koʻrsatish, bu borada qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlari haqida toʻliq maʼlumot berdi.