Michigan shtatida ilk bor Ramazon bozori ochildi
Ramazon – islom taqvimida juda muhim oy. Ko‘pgina musulmon oilalar Ramazonni o‘ziga xos tarzda o‘tkazishga, uyni bezash, taomnomani rang-barang qilish, kiyim javonini yangilashga harakat qiladi.
Aynan shuning uchun Michigan musulmonlar jamoasi muqaddas oy arafasida maxsus arzon yarmarka tashkil etishga qaror qildi. Bozorda zargarlik buyumlari, oziq-ovqat, xina va boshqa xilma-xil, zarur mahsulotlarni arzon narxda sotadigan biznes egalarini ko‘rish mumkin.
Islam.ru xabariga ko‘ra, rastalarda halol mahsulotlar, 20 dan ziyod turdagi islomiy kiyim yetkazib beruvchilar mahsuloti namoyish etiladi.
"Bunday yarmarkalarni tashkil etish orqali biz musulmonlar uchun bayramona muhit yaratish barobarida boshqa din vakillari Ramazon haqida ko‘proq ma’lumot olishlariga ham yordam beramiz", deydi tadbir tashkilotchilaridan biri Fotima Siddiqiy.
O‘zA