Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIBning yangi binosi ishga tushdi
11:47 / 2025-11-04

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Urganch tuman bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida mahalliy davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirok etdi.  

Xorazm viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov so‘zga chiqib, yangi binodan foydalanish ish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

– Yangi binoda ish boshlash  jamoamiz uchun muhim voqea, – deydi byuroning Urganch tuman bo‘limi boshlig‘i O‘tkirbek Safaryozov. –   Bu inshoot zamonaviy talablarga mos ravishda qurilib, xodimlarimiz uchun barcha shart-sharoit yaratildi. Eng asosiysi, fuqarolar bilan ishlashda qulay muhit ta’minlandi. Fuqarolarga tez, aniq va ochiq xizmat ko‘rsatish maqsadida barcha ish jarayonlari elektron tizim orqali amalga oshirilmoqda. Fuqarolar murojaatini qabul qilish, ijro hujjatlarini ko‘rish, nazorat qilish jarayonlari raqamlashtirilgan. Bu nafaqat ish samaradorligini oshiradi, balki aholining ishonchini mustahkamlaydi.

[gallery-26069]

Loyiha qiymati 3 mlrd 373 mln so‘m bo‘lgan mazkur zamonaviy binoda  ijro ishlarini yuritish, xodimlar va bo‘limga tashrif buyuruvchi fuqarolar uchun barcha sharoit, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida qulayliklar yaratilgan.

Ahmadjon Shokirov, 

Behzod Saidov (surat), O‘zA