Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB yordami bilan oilalar yarashdi, fuqarolar ishga yo‘llanma oldi
09:48 / 2022-01-22

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasining Yangi Namangan tumani bo‘limi tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini himoya qilish, aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Bu borada eng avvalo, oilalarni yarashtirish, aliment to‘lovlarni o‘z vaqtida undirilishi, qarzdorlikni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilayotir.  

Yangi Namangan tumani hududidagi Bunyodkor mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida ish bilan band bo‘lmagan aliment to‘lovchilar ishtirok etdi. Unda korxona va tashkilot o‘zlaridagi mavjud 200ga yaqin ish o‘rinlarni taklif qildi. 

Tadbir davomida 25 nafardan ortiq ishsiz aliment to‘lovchi korxona, tashkilotlar vakant o‘rinlari, yaratilgan mehnat sharoitlari, imkoniyatlar bilan tanishtirildi. 

- “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilaman,  - deydi Bahromjon Nasriddinov.- Anchadan beri ishsiz yurgandim. Mahallamizda o‘tkazilgan yarmarkada “Nostandart” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlash uchun yo‘llanma oldim.

MIB sa’y-harakati bilan tashkillashtirilgan yarmarka yakunlari bilan o‘nga yaqin fuqaro o‘ziga maqbul bo‘lgan korxonalarga yo‘llanma oldi. Yana bir muhim jihat shundaki, o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri natijasida bir necha oilalarni tiklashga ham erishildi. Masalan, fuqarolik ishlari buyicha Namangan tumanlararo sudining 2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Q. R. dan undiruvchi M. J. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Tadbirda olib borilgan tushuntirishlardan keyin qarzdor oilasi tiklanib, yarashtirildi. 

Umuman olganda, o‘tgan yilning dekabr va joriy yil yanvar oyi o‘tgan davrida byuro tomonidan olib borilgan targ‘ibot tadbirlari davomida 77 ta oilani yarashtirishga erishilgan va ijro hujjatlari ish yurituvdan tamomlangan. Bu kabi tadbirlar viloyatning boshqa mahalla fuqarolar yig‘inida ham izchil davom etmoqda.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA