Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:01 / 2021-06-05

Keyingi vaqtlarda Majburiy ijro byurosining davlat ijrolariga qarshilik ko‘rsatish holatlari haqida tez-tez ma’lumotlar berilmoqda.

Byuro davlat ijrochilari sud va boshqa  organ qarorlarini ijrochi etish orqali fuqarolar yoki jamiyat manfaatini himoya qiladi.

Biroq, fuqarolarimiz qarzdorliklarini bartaraf qilish o‘rniga, davlat xizmatchilariga ko‘l ko‘tarish orqali masalani o‘z tomoniga hal qilish mumkin deb o‘ylaydi.

Aslida unday emas, davlat  xizmatchisining qonuniy harakatiga to‘sqinlik qilish uchun ma’muriy va jinoiy javobgar mavjud.

MIB Zomin tumani bo‘limi davlat ijrochilari Yo.Ummatov, M.Mirzayev va boshqalar tomonidan qarzdor fuqaro P.I. hisobidan AT “Asaka bank” foydasiga solidar tartibda 288 mln. 122 ming so‘m qarz va davlat foydasiga  

11 mln. 523 ming so‘m davlat boji undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik to‘lanmagach, 2021 yil 24 aprel kuni qarzdor P.Ismadiyorov xonadonidan 1 dona “Roison” televizor, 1 dona “Samsung” mikroto‘lqinli pech va 1 dona “Samsung” changyutgichni qarzdorlik evaziga xatlab olib chiqqan.

Shundan so‘ng 25 aprel kuni qarzdor P.I. davlat ijrochisi M.Mirzayevga qo‘ng‘iroq qilib, qarzni to‘lab berishni va’da qilib, Yo.Ummatov va u bilan birga kelgan davlat ijrochisi M.Mirzayevlarni o‘zining “Cobalt” rusumli avtomashinasida  pishiq g‘isht ishlab chiqarish sexiga olib kirib, davlat ijrochilariga turli og‘irlikdagi tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat bo‘yicha 2021 yil 19 may kuni Zarbdor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA