Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB xodimlari tomonidan jarimalar davlat foydasiga undirildi
12:00 / 2020-05-28

MIB xodimlari tomonidan jarimalar davlat foydasiga undirildi


Oʻzganing mulkini talon taroj qilish yoki rastarata yoʻli bilan jinoyat sodir etgan fuqarolar qonunchilikka koʻra jarima toʻlaydi. Jarima aybdordan davlat daromadiga jinoyat qonunida belgilangan miqdorda pul undirishdir. Jarimani majburiy undirish Majburiy ijro byurosi zimmasiga yuklatilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudining 2019-yil 30-dekabrdagi ijro hujjatiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi va boshqa moddalari bilan sudlangan Ya.Djamilovga tayinlangan 18,3 million soʻm, jinoyat ishlari boʻyicha Qibray tuman sudining 2019-yil 24-dekabrdagi ijro hujjatiga asosan sudlangan V.Sadirovdan 58,9 million soʻm jarima MIBning Kogon shahar boʻlimi, shuningdek, mazkur sudning 2019-yil 24-dekabrdagi ijro hujjatiga asosan sudlangan A.Sanoyevdan 58,1 million soʻm jarima MIBning Gʻijduvon tumani boʻlimi tomonidan davlat foydasiga undirildi.