MIB xodimlari tomonidan hududdagi aliment oluvchilar holidan xabar olindi
Fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha MIBning Toshkent shahar boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 5 oyida byuroning Bektemir tumani bo‘limi tomonidan 3661 ta ishning ijrosi ta’minlanib, 172,1 mlrd. so‘m mablag‘ undirilgan va shundan 2,5 mlrd. so‘mi aliment oluvchilarga berilgan. Quvonarlisi, ushbu jarayonda 12 nafar oila yarashtirilgan hamda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun joriy etilgan “Daftar”larga o‘tgan davrda jami 643,5 mln. so‘m o‘tkazib berilgan.
Shuningdek, ushbu Qurbon hayiti arafasida byuroning tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hududdagi aliment oluvchilar holidan xabar olindi. Xalq manfaati yo‘lida ishlar qizg‘in davom etmoqda.
O‘zA