Har yili 3 dekabr kuni butun dunyoda jumladan, O‘zbekistonda xam “Xalqaro nogironlar kuni” nishonlanadi. Uning asosiy maqsadi - ijtimoiy hayotning barcha sohalarida nogironligi bo‘lgan shaxslarni himoya qilish, keng jamoatchilik e’tiborini nogironlar muammolariga jalb qilish.
Ushbu sana munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tizimi xodimlari ham Qo‘rg‘ontepa «Muruvvat» nogiron bolalar uyida bo‘ldi.

Qalbi zavq-u shavqqa to‘lgan bolajonlar mehmonlarni xursandchilik kayfiyati bilan qarshiladi. Uchrashuvda muassasadagi shart-sharoitlar, bolalarning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishildi.
Muruvvat uyida 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan jami 286 nafar bola tarbiyalanadi.

Ularining ko‘nglini ko‘tarish uchun esdalik sovg‘alari va kiyim-boshlar tuhfa etildi.
Ushbu muruvvat uyidagi bolalar tug‘ma nogiron bo‘lgani bois, imkoniyati cheklangan. Bu jarayonda ularni tarbiya qilayotgan tarbiyachilarning mehnati esa beqiyos.
Shu sabab tarbiyachilarning xizmati ham alohida e’tirof etib o‘tildi.
Maftuna Karimova, O‘zA