Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB xodimlari Bog‘istonda yangi bog‘ yaratdi
14:58 / 2023-12-04

MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi va tuman, shahar bo‘limlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qariyb 16 ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chati ekdi.

MIB viloyat boshqarmasi xodimlari kuzgi ko‘chat ekish mavsumida Qiziriq davlat o‘rmon xo‘jaligining bo‘sh turgan 7 gektar yer maydonini tartibga keltirib, mo‘’jazgina bog‘ yaratdi. Qiziriq tumanidagi Bog‘iston mahallasida joylashgan yetti gektar maydonga 5 ming tup anor, ming tup olma, ming tup jiyda, shuningdek, turli manzarali daraxt ko‘chatlarini qadadi.  

–Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish ham ajdodlardan qolgan ulug‘ qadriyatimiz,–deydi MIB viloyat boshqarmasi katta inspektori Qobiljon Tursunov,– Keyingi yillarda ana shu qadriyatimiz keng quloch yozib, umummilliy loyihaga aylangani quvonarlidir. Bo‘sh turgan maydonni ko‘chat ekishga moslashtirib, anor va jiyda ekdik. Bu daraxt ko‘chatlari sho‘rxok yerlarda ham yaxshi rivojlanadi. Bog‘dagi ko‘chatlarimiz yaqin yillarda meva bera boshlaydi. Shu bilan birga manzarali daraxt ko‘chatlari hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, tevarak-atrofni toza havo bilan ta’minlashga xizmat qiladi.  

MIB tuman va Termiz shahar bo‘limlari xodimlari joylardagi bo‘sh turgan yerlarga 9 ming tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatini ekdi.  

 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri