Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB xodimlari aralashuvi bilan 8 ta oila yarashtirildi
14:50 / 2021-05-27

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tuman bo‘limi tomonidan nafaqat voyaga yetmagan bolalarning aliment pullarini undirish, balki ularning ota-ona mehridan birdek bahramand bo‘lib, kamolga yetishlari uchun sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Birgina misol, G‘uzor tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor B.E.dan undiruvchi M.Q. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Byuro xodimlari hamda mahalla faollari qarzdor va undiruvchi bilan suhbat o‘tkazib, ularga oila muqaddasligi hamda farzand tarbiyasida ularning ishtiroki voyaga yetib kelayotgan farzand uchun qanchalik muhim ekanligi tushuntirilgandan so‘ng oila yarashishga qaror qildi.

Ma’lumot o‘rnida Byuro xodimlari aralashuvi bilan birgina may oyida 8 ta oila yarashtirilgan. Natijada 18 nafar voyaga yetmagan bola ota-onasi bag‘riga qaytdi.

O‘lmas Baratov, O‘zA