Toshkent viloyatida fuqaroning MIB xodimiga pichoq ko‘targanligi haqidagi xabarlarga MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov izoh berdi.
Byuroning Toshkent tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha appelyatsiya sudlov hay’atining ijro varaqasiga asosan javobgarlar T.Sh., Z.D. va Z.Sh.larni da’vogar A.N.ga tegishli bo‘lgan Toshkent tumani, «Oqtom» MFYdagi uydan boshqa turar joy bermagan holda ko‘chirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan talabnomani taraflarga taqdim qilish maqsadida joriy yilning 12 oktyabr kuni undiruvchi da’vogar A.N.ning ishonchli vakili S.O. bilan birgada qarzdorning yashash manzili borganiganda, javobgar talabnomani olishdan bosh tortib, da’vogarning ishonchli vakili S.O.ni haqoratlab, pichoq bilan tahdid qilgan. Ushbu holat yuzasidan esa undiruvchining ishonchli vakili ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.
Byuroning Toshkent tumani bo‘limi davlat ijrochisi X.Usmonov tomonidan fuqaro va boshqalarning hayotiga xavf yetmasligi uchun pichoqni olib zararsizlantirishga harakat qilgan.
Vaziyat sabab ijro harakatlari boshqa kunga qoldirilgan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha tekshiruv ishlari davom etmoqda va natijasi ma’lum qilinadi.
O‘zA