French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB viloyat boshqarmasi jurnalist va blogerlarga hisob berdi
18:23 / 2021-05-20

Termizda Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘limlarining joriy yil to‘rt oyi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va boshqarma mas’ul xodimlari ishtirok etgan tadbirda so‘nggi yillarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish tizimi yanada takomillashtirilgani ta’kidlandi. Shunga muvofiq bu borada joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda sezilarli ishlar amalga oshirilgani xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Viloyatda joriy yilning to‘rt oyida davlat ijrochilari ish yurituvida bo‘lgan 1 trillion 921 milliard 444 million so‘mlik 160 ming 939 ta ijro hujjati yuzasidan majburiy ijro harakatlari o‘tkazilib, 1 trillion 303 milliard 964,2 million so‘mlik 78 ming 48 ta ijro hujjati tamomlandi. 39 ming 853 ta ijro hujjati yuzasidan 476 milliard 56,1 million so‘m undiruv amalga oshirildi.

Ijro hujjatlari bo‘yicha asosiy e’tibor davlat foydasiga undiruvlarga qaratilib, ana shu turdagi 33 ming 149 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 223 milliard 214,2 million so‘m mablag‘ undirildi.

Aliment va unga tenglashtirilgan to‘lovlar undiruvi bilan bog‘liq ijro harakatlari bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Viloyatda «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» maxsus jamg‘armalariga o‘tkazib beriladigan undiruvlar bilan bog‘liq hujjatlar ijrosi alohida nazoratga olingan. O‘tgan davrda ijrosi ta’minlangan ijro hujjatlari bo‘yicha undirilgach, boshqarma organlari hisob raqamlariga kelib tushgan mablag‘ning teng yarmi mutanosib ravishda maxsus daftarlar jamg‘armalariga yo‘naltirilgan. Jumladan, «Temir daftar»ga 2 milliard 827,6 million so‘m, «Ayollar daftari»ga 2 milliard 827,6 million so‘m, «Yoshlar daftari»ga 2 milliard 810,7 million so‘m mablag‘ berilgan.

Yilning o‘tgan to‘rt oyida 502 milliard 864,3 million so‘mlik 171 foiz) ijro ishlari ish yurituvdan tamomlanib, ular bo‘yicha amalda 177 milliard 989,8 million so‘m soliq qarzdorligi undirilgan.

Hisobot davrida “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali davlat ijrochilari tomonidan auksion savdolariga chiqarilgan 7 milliard 665,9 million so‘mlik 72 ta mol-mulk, shu jumladan 5 milliard 655,7 million so‘mlik 67 ta avtotransport vositasi, 2 milliard 10,3 million so‘mlik beshta ko‘chmas mulk ob’ekti yagona elektron savdo maydonchasi orqali sotilgan.

– Boshqarmaning qidiruv sho‘’basi tomonidan olib borilgan tadbirlar chog‘ida qidiruvda bo‘lgan 437 nafar qarzdordan 177 nafari topilib, ulardan 212 million so‘m qarz undirilishi ta’minlangan. Shundan, 171 nafari aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlardir, – deydi MIB Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari H.Tog‘ayev. 

– Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan 79 ta avtotransport vositasidan 69 tasi topilib, ular bo‘yicha qarzdorlardan 44 milliard 834 million so‘m qarz, shu jumladan, 36 milliard 850,8 million so‘m soliq qarzlari undirilgan.

Matbuot anjumanida ijro davlat ijrochilarining qarori asosida ijro hujjatlari ijrosini ta’minlamagan hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan ta’sir choralari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ham fikr almashildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA