English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB tomonidan chet ellik fuqaroga 198,7 million so‘m undirib berildi
09:43 / 2021-12-25

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo sudining 2021 yil 19 avgustdagi qarzdor X.Boltayevdan undiruvchi Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi LIU BIN foydasiga 198 million 724 ming 247 so‘m qarz undirish to‘g‘risida ijro hujjati Byuroning Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

–Qarzdor X.Boltayev ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni belgilangan muddatda ixtiyoriy bajarmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklandi, – deydi MIB Buxoro shahar bo‘limi davlat ijrochisi Atojon Atoyev.

 –Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan bir qator majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor X.Boltayevdan 198,7 million so‘m pullarni undirilishi ta’minlandi. Qarzdorga nisbatan cheklovlar bekor qilinib, ijro hujjati amalda tamomlandi.

Zarif Komilov, O‘zA