English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB tomonidan 250 million so‘m majburiy undirildi
09:29 / 2021-08-15

Navoiy viloyati MIB Xatirchi tuman bo‘limi tomonidan 2021 yilning 6 avgustida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudining 2021 yil 5 iyuldagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor “Oltinsoy” shirkat xo‘jaligini fermer xo‘jaligiga aylantirishni tashkil etish komissiyasidan undiruvchi G‘.Boboqulov foydasiga mayda shoxli chorva mollarni olib berish hisobidan 250 million so‘m undirish haqidagi hujjat ijroga qabul qilingan edi.

– Olib borilgan ijro jarayonida sud qarorida ko‘rsatilgan mayda shoxli chorva mollar shirkat xo‘jaligi hududi mavjud emasligi aniqlandi, – deydi Byuroning Xatirchi tuman bo‘limi davlat ijrochisi Ismoil Otaqulov. – Shuningdek, qarzdorning bankdagi hisob raqamiga bajarilishi majburiy bo‘lgan elektron inkasso topshiriqnomasi yuborildi.

Natijada G‘.Boboqulov foydasiga 250 million so‘m qarzdorlik shirkat xo‘jaligining bank hisob raqamidan majburiy tartibda to‘liq undirib olingan.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA