English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: surxondaryolik davlat ijrochilari yilni qanday yakunladi?
17:43 / 2026-02-04

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari o‘tgan yili qariyb 6 trillion 767 milliard so‘mlik ijro hujjatlarining bajarilishini ta’minladi.

Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Yakunlangan yil hududiy va tumanlararo bo‘limlar davlat ijrochilari ish yurituvida bo‘lgan 9 trillion 739 milliard 870 million so‘mlik 922 ming 571 ta ijro hujjati yuzasidan majburiy ijro harakatlarini amalga oshirib, 6 trillion 766 milliard 822 million so‘mlik 589 ming 777 ta ijro hujjatini tamomladi. 

– Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yil 2024 yilga nisbatan boshqarma organlariga qariyb 153 ming hujjat ko‘p kelib tushgan va avvalgi yilga nisbatan 29 foizga oshgan, – deydi MIB viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Davron Abdullayev. – Hisobot davrida shundan 590 mingtasining ijrosi ta’minlandi. Bu 2024 yilga nisbatan 174 mingtaga ko‘p demakdir. Mazkur hujjatlarning 312 mingdan ziyodi yoki 1 trillion 970 milliard so‘mi davlat foydasiga undiruvlarni tashkil etdi. Jinoyat oqibatida davlatga yetkazilgan zararlarni undirishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha 4,9 milliard so‘m, soliq qarzdorligini undirishga doir 44 ming 920 ta ijro hujjati bo‘yicha 1 trillion 785 milliard so‘m, jinoiy jarimalarni undirishga doir 341 ta ijro hujjati bo‘yicha 6 milliard 203 million so‘m, ma’muriy jarimalarni undirishga doir 192 ming 733 ta ijro hujjati yuzasidan 102 milliard 363 million so‘m, davlat boji undiruviga oid 70 ming 764 ta ijro hujjati bo‘yicha 66 milliard so‘m undirildi. 

Anjumanda qayd etildiki, yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlarini tugatish yuzasidan ham muayyan ishlar bajarildi. Xususan, yuridik shaxslar foydasiga 125 ming 448 ta ijro hujjati bo‘yicha 1 trillion 334 milliard 254 million so‘m, shu jumladan, kommunal ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari foydasiga 8 ming 78 ta hujjat asosida 57 milliard 425 million so‘m, suv ta’minoti korxonalari foydasiga 5 ming 917 ta hujjat bo‘yicha 6,1 milliard so‘m, ko‘p qavatli uylarni boshqaruvchi korxonalar foydasiga 3 ming 790 ta hujjat asosida 3 milliard 440 million so‘m, tijorat banklari foydasiga 23 ming 726 ta hujjat bo‘yicha 705 milliard 754 million so‘m, jismoniy shaxslar foydasiga alimentdan tashqari 12 ming 93 ta hujjat bo‘yicha 106 milliard 968 million so‘m undirib berildi. 

MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi va hududiy organlari aliment undiruvi bilan bog‘liq 28 ming 182 ta ijro harakatlarini olib bordi. Aliment va unga tenglashtirilgan to‘lovlar undiruvi bilan bog‘liq 37 ming 177 ta ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilib, 8 ming 995 ta hujjati tugatildi. Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 241 milliard so‘m, aliment oluvchilarning plastik kartalariga 130 milliard so‘m undirilishi ta’minlandi. Aliment oluvchilarga byuroning maxsus “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi” hisobidan 123 ta holatda 2 milliard 558 million so‘m to‘landi. 

Matbuot anjumanida, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” maxsus jamg‘armalariga o‘tkazib beriladigan undiruvlar bilan bog‘liq hujjatlar, aliment qarzdorlariga nisbatan e’lon qilingan qidiruvlar, aliment to‘lashdan bosh tortgan qarzdorlarga ko‘rilgan choralar, sud hujjatlari asosida fuqarolarni ishga tiklash va ish haqlarini undirish, buzilgan bino-inshoot va uy-joylar uchun kompensatsiya pullarini undirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumot berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri