Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: so‘nggi 5 yilda aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari 43 foizga oshgan
12:31 / 2026-02-24

Parlament quyi palatasi majlisida Bolalar ombudsmani bergan ma’lumotga ko‘ra, voyaga yetmaganlarga aliment to‘lash borasida qasddan aliment to‘lamaslik holati 20 mingdan ortiqni tashkil etadi.

16 mingtasiga tegishli ta’sir choralari qo‘llanilgan. Ammo 4 mingga yaqin holatda esa tegishli ijro organlari tomonidan huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan.  

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida MIB vakili ham munosabat bildirdi.

Qayd etilganidek, MIBda aliment undirish bilan bog‘liq 366 mingdan ortiq ijro hujjati mavjud bo‘lsa, shundan 61 foizida aliment to‘lovchilar daromad manbaiga ega emas. Majburiy undirish uchun mol-mulki ham yo‘q. 

So‘nggi 5 yilda aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari 43 foizga oshgani aytib o‘tildi. Birgina 2025-yilda aliment undirish bilan bog‘liq 160 mingga yaqin ijro hujjati kelib tushgan.  

MIB tomonidan aliment to‘lovchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Joylarda mehnat yarmarkalari tashkil etilgan. Natijada 23 mingga yaqin ishsiz aliment to‘lovchilarni ish bilan ta’minlash choralari ko‘rildi. Shuningdek, ijro hujjatlari doirasida 13 mingdan ortiq oila yarashtirildi.  

Huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan 4000 ta holat bo‘yicha ham tegishli choralar ko‘rilayotgani aytib o‘tildi. Jumladan, 2,5 mingta aliment to‘lovchiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.  

M.Komilova, O‘zA