Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: soliq qarzdorliklar undirildi
14:57 / 2025-06-26

Termiz shahrida MIB viloyat boshqarmasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalist va blogerlarga sohada olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan besh oyida MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda hududiy va tumanlararo bo‘limlari davlat ijrochilari  tomonidan 6 trillion 255 milliard 616 million so‘mlik 537 ming 377 ta ijro hujjati yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borildi va uch trillion 87 milliard 685 million so‘mlik 234 ming 957 ta ijro hujjati ijrosi ta’minlandi. 

Qayd etildiki, joriy yilda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan boshqarma organlariga ko‘p ijro hujjati kelib tushgan bo‘lsada, joriy yilning besh oyida 2024 yilga nisbatan 106 mingta ko‘p hujjat ijrosi ta’minlangan. Jumladan, jinoyat oqibatida davlatga yetkazilgan zararlarni undirishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha 47 million so‘mlik, soliq qarzdorligini undirishga doir 15 ming 435 ta ijro hujjati asosida 345 milliard so‘m, jinoiy jarimalarni undirishga doir 153 ta ijro hujjati bo‘yicha 2 milliard 470 million so‘m, ma’muriy jarimalarni undirishga doir 73 mingdan ziyod ijro hujjati asosida 36 milliard 250 million so‘m, davlat boji undiruviga oid 20 ming 412 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 21 milliard 479 million so‘m mablag‘ undirilgan. 

MIB viloyat boshqarmasining qidiruv sho‘’basi olib borgan tadbirlar chog‘ida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan qidiruvdagi 138 nafar qarzdor topilgan. Surishtiruv sohasida qayd etilgan jinoyat haqidagi ariza va xabarlar yuzasidan 18 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish yurituvda bo‘lgan 47 ta jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilib, 35 tasi ayblov dalolatnomasi, yarashtiruv va tibbiy yo‘sinda majburlov chorasi bilan sudga yuborilgan. 27 tasi bo‘yicha surishtiruv to‘xtatilib, 4 tasi joriy oy boshiga qoldiq bo‘lib o‘tgan. Aniqlangan 967 million so‘m zarardan surishtiruvlar chog‘ida 357 million so‘mi undirilgan.

Matbuot anjumanida shuningdek, uzoq muddatdan buyon aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelayotgan qarzdorlarga ko‘rilgan choralar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” maxsus jamg‘armalariga o‘tkazib beriladigan undiruvlar bilan bog‘liq hujjatlar ijrosi, jinoyat, ma’muriy, iqtisodiy va fuqarolik sudlari hujjatlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, boshqarma hamda uning quyi tizimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar yechimi to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumot berildi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri