Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB Qumqo‘rg‘onda ikki ishchining 80 million so‘mdan ortiq ish haqini undirib berdi
16:18 / 2022-09-07

Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Agroservis MTP 2017” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan ikki xodimining 80 million 289 ming 191 so‘m ish haqi va o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq to‘lovlarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari MIB Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, majburiy ijro harakatlari olib borildi.

Bu jarayonda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi qonunning tegishli moddalariga asosan qarzdor jamiyatning hisob raqamlariga band solinib, mol-mulklarini aniqlash maqsadida mutasaddi tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborildi. Majburiy ijro harakatlari chog‘ida qarzdor jamiyatning “Kombayn 2366” maxsus texnikasi borligi aniqlanib, xatlovga olindi. Jamiyat rahbari belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik bartaraf etilmasa texnika vositasi onlayn auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishi haqida ogohlantirildi.

Sud hujjatlari ijrosi belgilangan muddatda bajarilmagach, xatlab olingan “Kombayn 2366” maxsus texnika vositasi 184 million 189 ming 59 so‘m boshlang‘ich narx bilan onlayn auksion savdosiga chiqarilib, 250 million 497 ming 120 so‘mga sotildi. Mazkur mablag‘ undiruvga qaratilgach, dastlab ikki ishchining 80 million 289 ming 191 so‘m ish haqi to‘liq to‘lab berildi. Qolgan pul mablag‘i sud qaroriga asosan korxonaning to‘lanmagan soliq qarzdorligiga yo‘naltirildi.

Ibrohim Avazov,

MIB Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi davlat ijrosi XM.