MIB Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘i bilan Arziyev Islambek Azatovich Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
I.Arziyev 1972 yil Nukus shahrida tug‘ilgan. Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1994 yilda boshlab, mas’ul lavozimlarda ishlab kelgan.
Mazkur tayinlovga qadar u MIB Nukus shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
O‘zA