MIB Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 311 nafar fuqaro qidirilmoqda
Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv faoliyat natijasida 2022 yilning o‘tgan 11 oyi davomida qarzdorligi tufayli qidiruvga berilgan 776 nafar fuqarodan 465 tasi topilgan va majburiy ijro harakatlari olib borilgan. Hozirda 311 nafar fuqaro qidirilmoqda. Ushbu shaxslarning 206 nafari respublika hududida yashirinib yurganligi, 105 nafari chet elga turli maqsadlarda chiqib ketganligi aniqlangan.
Shuningdek, 2022 yilda qidiruv e’lon qilingan 428 ta avtotransport vositalarining 279 tasi, ya’ni 65 foizi tezkor tadbirlar natijasida topilgan. Qolgan 149 ta avtotransport vositasini topish bo‘yicha qidiruv tadbirlari davom etmoqda.
Hozirda 9 ta ijro hujjati bo‘yicha qidiruvdagi bolalar topilib, onalari bag‘riga qaytarildi.
«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunga binoan Byuro davlat ijrochilari tomonidan qarzdor va uning mol-mulki turgan joyi haqida ma’lumotlar bo‘lmaganda, ularni qidirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
O‘zA