Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: qarzdor ota kuzatuv kamerasi yordamida topildi
11:27 / 2026-02-13

Muzrabot tumanida yashaydigan Said Burxonov (ism-sharif o‘zgartirildi) ikki marta oila qurib, ajrashadi. Uch nafar farzandli bo‘lgan otaga sud qarori bilan jigargo‘shalari voyaga yetgunicha moddiy ta’minlash yuklatiladi. Biroq, u aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yuradi.

MIB Surxondaryo viloyati Muzrabot tuman bo‘limi davlat ijrochilari qarzdor otaga nisbatan tegishli hujjatni rasmiylashtirib, qidiruv e’lon qilgan. Qidiruv jarayonida Said Burxonov Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi avtomashina bozori hududidagi kuzatuv kameralariga tushib qolgani aniqlanib, bu haqda mas’ul xodimlarga xabar berilgan. MIB viloyat boshqarmasi xodimlari olib borgan tezkor tadbir chog‘ida S. Burxonov Toshkent shahrida qo‘lga olinib, aliment to‘lashdan yashirinib yurishning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. 

– Jigargo‘shalarining moddiy ta’minotiga befarq bo‘lgan otadan 20 million so‘m aliment qarzdorligi to‘liq undirib olindi,­ – deydi MIB viloyat boshqarmasi katta inspektori Qobiljon Tursunov. – Aslida farzand ta’minoti – bu oddiy majburiyat emas, bolaning kelajagi, ta’limi va sog‘lom ulg‘ayishiga qo‘shiladigan hissa. Alimentdan qochish orqali muammodan qutulib bo‘lmaydi. Voyaga yetmagan, yordamga muhtoj bolalarni moddiy ta’minlash – nafaqat ota-onaning insoniylik burchi, balki qonun oldidagi majburiyati hamdir. Ayrim aliment to‘lovchilar bu mas’uliyatdan qochishga urinishning oqibatlarini kech anglab yetayotgani bilan murosa qilib bo‘lmaydi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri