Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: qarzdor MCHJdan 244 million so‘m undirildi
09:53 / 2025-04-17

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning “G.A.T.“ mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 550 million so‘m kredit qarzdorligini undirish hamda undiruvni garov mulki bo‘lgan ko‘chmas mulkka qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi asosida Majburiy ijro byurosining Zomin tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilmoqda.

Qarzdor MCHJ bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramay, belgilangan muddatlarda qarzdorlikni to‘lamagan. Natijada Byuro tomonidan qonunchilikka muvofiq garovdagi ko‘chmas mulk auksion savdolariga chiqarilgan.

Mulkining auksion savdosiga chiqarilishi va uni yo‘qotish xavfini tushungan “G.A.T.“ MCHJ rahbari 244 million so‘m miqdoridagi kredit qarzini naqd pulda to‘ladi.

Majburiy ijro byurosining Zomin tumani bo‘limi tomonidan qolgan qarzdorlikni undirish bo‘yicha ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zA