Majburiy ijro byurosiga Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumani sudining qarzdor “ROS-MB” MCHJdan undiruvchilar B.Berdimurodov foydasiga 446 million so‘mdan ziyod, S.Jalilov foydasiga 164 million so‘mdan ko‘proq va J.Abduhalilov foydasiga 19 million so‘mdan ortiq yetkazilgan moddiy zararni undirish haqidagi ijro hujjatlari kelib tushdi va ijroga qaratildi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida vakolatli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborildi. Olingan javob xatlariga ko‘ra, uning barcha mol-mulkiga taqiq qo‘yilib, hisob raqamlariga inkassa topshiriqnomalari yuborilib, xatlandi.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor ogohlantirilib, unga “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 44 -, 46 - moddalari talablari asosida huquq va majburiyatlari tushuntirildi.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan avtotrasport vositalarini xatlash jarayonida qarzdor “ROS-MB” MCHJ tomonidan zarar summalari va ijro yig‘imlari to‘liq qoplangan.
Qarzdordan Qo‘qon shahar majburiy ijro bo‘limi depozit hisob raqamiga jami 648 million 157 ming so‘m to‘liq kelib tushdi.
Majburiy ijro byurosiga barcha jabrlanuvchilar chaqirtirilib, ularning iltimosnomalariga ko‘ra nomlariga ochilgan plastik karta raqamlariga pul mablag‘lari to‘liq o‘tkazib berildi.
Shu tariqa sud hujjatlarining ijrosi to‘liq ta’minlandi.
N.Qodirqulova, Majburiy ijro byurosi
Farg‘ona viloyati boshqarmasi
mas’ul xodimi.
O‘zA