French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: pullar undirildi
18:45 / 2025-03-10

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining ma’lum qilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining 2024 yil 4 noyabrdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor uyushmaning Kegeyli tumani bo‘limidan ishchi xodimlarning deyarli 68 million so‘mlik kompensatsiya pulini undirish belgilangan.

Shunga qaramasdan, javobgar tashkilot tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmagan va ularning ish haqlari to‘lab berilmagan.

Ishchi xodimlar sud qaroriga asosan chiqarilgan ijro varaqasi ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, Majburiy ijro byurosi Kegeyli tumani bo‘limiga murojaat etgan. Bo‘lim tomonidan 2024 yili 25 dekabrda ijro ishi qo‘zg‘atildi. Xususan, bo‘lim xodimlari tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida undirilishi lozim bo‘lgan qarzdorlik to‘lig‘i bilan ishchi xodimlarga undirib berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri